Ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun

Sozlamalar shu brauzerda saqlanadi va barcha sahifalarga tatbiq etiladi.

Shrift o‘lchami
Kontrast
Rasmlar

Klaviatura: Tab — keyingi element, Esc — yopish.

YangiliklarOAV biz haqimizda6753 ko‘rildi

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi qarori…

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom  tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi. 

Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Nizomga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘laridan, xususan, yetishtiriladigan paxta va g‘alla hosilini o‘z vaqtida moliyalashtirishda foydalaniladi.

Jamg‘arma davlat xaridi uchun paxtaning umumiy hajmi bo‘yicha — “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan, g‘allaning umumiy hajmi bo‘yicha esa — “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan Bosh bitim tuzadi.

Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi, to‘lovlar va hisoblarni to‘liq hamda o‘z vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

www.xs.uz

Barcha yangiliklar
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi — Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi